Moskvaning SSKA klubi faxriysi Vladimir Ponomaryov Rossiya Premyer-ligasining joriy mavsumi haqida fikr bildirar ekan, Abbosbek Fayzullayev haqida ham alohida to’xtalib o’tdi.
– “Spartak” hozirda qanotlarda himoyalanishda qiynalmoqda. SSKA bilan medallar uchun bo’ladigan bahsda klub Abbosbek Fayzullayevdan ehtiyot bo’lishi kerakmi?
– Uni qo’riqlashning nima keragi bor? Har qanday futbolchini qo’yib qo’ying, u hech narsa qilolmaydi. SSKA qanaqa futbolchini topib olgan o’zi… Men uni maydonda deyarli ko’rmayman.
Hozir u butunlay yo’qolib qolgan. Uning olib tashlash kerak. Kislyak va Glebov undan yaxshiroq. Fayzullayevdan tezroq qutulish kerak! U SSKA uchun tormoz. U birinchi o’rin uchun kurashayotgan jamoa uchun mutlaqo keraksiz o’yinchi.
Bunday o’yinchi bilan hech qachon chempion bo’la olmaymiz, – deydi Ponomaryov.
Eslatib o’tamiz, hozirda RPL turnir jadvalida SSKA va “Spartak” mos ravishda uchinchi va to’rtinchi o’rinni egallab turibdi. Ikkala jamoa ham medallar uchun kurash olib bormoqda.
Ma’lumot uchun, “Spartak” va SSKA o’rtasidagi Moskva derbisi 26-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da start oladi.