Madridning “Real” klubi vingeri Vinisius Junior “Oltin to’p”ning yangi sohibiga aylanadi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, 28-oktyabr kuni braziliyalik futbolchiga muvaffaqiyatli o’yinlari uchun ushbu mukofot topshiriladi.
Qayd etilishicha, sport kiyimlari ishlab chiqaruvchi Nike kompaniyasi Madridning asosiy ko’chasi Gran Viadagi do’konini Vinisiusga “Oltin to’p” topshirilganidan ikki kun o’tib qayta ochadi.
Ma’lumot uchun, Vinisius o’tgan mavsum “Real” bilan Chempionlar ligasi, Ispaniya Superkubogi va La Ligada g’olib bo’lgan.
Eslatib o’tamiz, Vini 2018-yilning iyul oyida “Flamengo”dan “Real”ga ko’chib o’tgandi. Uning Transfermarkt’dagi narxi ayni dam 180 million yevroni tashkil qiladi.