Madridning “Real” klubi vingeri Vinisius Juniorning agentlari “qaymoqranglilar” bilan 24 yoshli futbolchining yangi shartnomasini muhokama qilish uchun birinchi uchrashuvni o’tkazishdi. Bu haqda Relevo xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, uchrashuvda “Real” yangi bitimga muvofiq Vinisiusga maosh to’lashga tayyorligini bildirgan. Biroq braziliyalik futbolchining agentlari ushbu maoshdan qoniqmagan.
“Qirollik klubi” rahbariyati esa saudiyaliklarning Vinisiusga bo’lgan qiziqishi sabab muzokaralar oson bo’lmasligini tushunib turibdi. Lekin madridliklar 24 yoshli hujumchining maoshini ortiqcha oshirib yubormoqchi emas.
Ma’lumot uchun, Vinisiusning “Real” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar mo’ljallangan. Uning Transfermarkt’dagi narxi 200 million yevroga baholanmoqda.