Erik ten Xagning fikricha, Markus Reshford bu mavsumda 30 ta gol uradi.
“Men Markusga ishonaman. Ishonchim komilki, u ikki yil oldin qilgan ishini uddalay oladi” – deydi “Man. Yunayted” bosh murabbiyi.
Ma’lumot uchun, Reshford 2022/2023-yilgi mavsumda 56 ta o’yinda 30 ta gol urishga muvaffaq bo’lgan. O’tgan mavsumda esa forvard 43 ta o’yinda ishtirok etib, 8 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.