Londonning “Arsenal” klubi Eddi Nketiya uchun narx belgiladi.
Fabritsio Romano xabariga ko’ra, “kanonirlar” hujumchini 35 million yevroga sotishga tayyor.
Nketiyaga asosiy davogar Fransiyaning “Marsel” klubi hisoblanadi. Biroq “olimpiyachilar” bu transferdan voz kechishi mumkin. Chunki “Arsenal” talab qilayotgan tovon puli fransuzlar uchun qimmatlik qiladi.
Nketiyaning o’zi muntazam o’yin amaliyotiga ega bo’lish uchun yangi jamoaga o’tishga tayyor. “Arsenal” esa uning o’rnini “Brayton” hujumchisi Joau Pedro bilan toldirmoqchi.