Yevropa Ligasi pley-off bosqichining dastlabki o’yinida “Portu” va “Roma” o’zaro to’qnash keldi va yakunda tomonlar 1:1 hisobida durangga imzo chekishdi.
Dastlab hisob 45+5-daqiqada Zeki Chelik tomonidan ochildi. “Portu”ning javob to’piga 67-daqiqada Moura mualliflik qildi.
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov esa zaxirada qoldirildi.
Yevropa Ligasi | Pley-off bosqichi
“Portu” 1:1 “Roma”
Gol: Chelik 45+5′, Moura 67′.