Turinning “Yuventus” klubi Dushan Vlahovichning o’rniga “Ipsvich”ning 21 yoshli hujumchisi Liam Delap variantini ko’rib chiqmoqda. Bu haqda Mirror xabar berdi.
Manbaga ko’ra, italyanlar serbiyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirishga umid qilmoqda, biroq shu bilan birga uning jamoani tark etishiga ham hozirlik ko’rilmoqda.
Qayd etilishicha, Delapga “Yuventus”dan tashqari “Chelsi” va “Man. Yunayted” qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot uchun, Delap joriy mavsum barcha turnirlarda 14 ta o’yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 15 million yevroga baholanmoqda.