Italiya Kubogi chorak finalidan o’rin olgan bahsda “Roma” “Milan” maydoniga safar qildi.
Uchrashuvning dastlabki bo’limida mezbonlar Abrahamning dubli evaziga oldinga chiqib oldi. 54-daqiqada esa Shomurodov o’rniga maydonga tushgan Dovbik hisobni 2:1 ko’rinishiga keltirdi.
“Milan”ga yangi kelib qo’shilgan “Chelsi” futbolchisi Joau Feliks debyut o’yinida gol urib, “rossonerilar”ning g’alabasini ta’minladi (3:1).
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov esa uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, ikkinchi bo’limning dastlabki daqiqalarida zaxiraga olindi.
Ma’lumot uchun, “Milan” final yo’llanmasi uchun “Inter” – “Latsio” juftligi g’olibiga qarshi o’ynaydi.
Italiya kubogi | 1/4 final
6-fevral, chorshanba
“Milan” 3:1 “Roma”
Gollar: Abraham 16′, 42′, Feliks 72′ – Dovbik 54′.