Yaqin Sharqdagi harbiy-siyosiy vaziyat keskinlashgani sababli Qatardagi barcha futbol musobaqalari va oʻyinlari nomaʼlum muddatga qoldirildi. Bu haqda QFA matbuot xizmati rasman eʼlon qildi.
«Qatar Futbol Assotsiatsiyasi bugundan boshlab barcha turnirlar, musobaqalar va oʻyinlar keyingi xabarnomaga qadar qoldirilishini maʼlum qiladi. Musobaqalarni qayta tiklashning yangi sanalari Assotsiatsiyaning rasmiy kanallari orqali eʼlon qilinadi», — deyiladi QFA bayonotida.
Eslatib oʻtamiz, 28-fevral kuni AQSh va Isroil Eronga qarshi qoʻshma harbiy operatsiya boshladi. Bunga javoban Eron Isroil, Qatar, BAA, Saudiya Arabistoni, Quvayt va Bahrayndagi Amerika harbiy bazalariga raketa zarbalari yoʻlladi.
