“Manchester Siti” va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri Madridning “Real” klubi himoyachisi Eder Militaoning jarohati haqida fikr bildirdi.
“Men o’yinni tomosha qildim va unga juda achindim. U uzoq vaqt tiklanib, safga qaytgandi va endi yana…
Unga yaxshilik tilayman, u zo’r yigit. U kuchli bo’lishiga umid qilaman”, – deydi Rodri.
Eslatib o’tamiz, braziliyalik futbolchi Ispaniya La Ligasining 13-turidan o’rin olgan “Osasuna”ga qarshi bahsda (4:0) jarohat olgandi.