Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Frenki de Yong faoliyatini “Liverpul”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, mersisaydliklar 28 yoshli futbolchini yozgi transferlar oynasida xarid qilishni maqsad qilgan.
Ma’lumot uchun, de Yongning “Barselona” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar mo’ljallangan. Uning Transfermarkt’dagi narxi 45 million yevroga baholanmoqda.