«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi MLS doirasida boʻlib oʻtgan «Orlando Siti»ga qarshi bahsda (4:2) jarima zarbasidan gol urdi.
Uchrashuvning 90-daqiqasida argentinalik yulduz taxminan 25 metr masofadan mezbonlar darvozasini ishgʻol etdi. Messi tepgan toʻp «jonli devor»dan oʻtib, darvoza burchagidan joy oldi.
Bu gol 37 yoshli hujumchi uchun jarimadan kiritgan faoliyatidan 70-gol boʻldi. Bu borada faqatgina «Lion»ning sobiq yarimhimoyachisi Junino Pernambukano (77) Messidan oldinda bormoqda.
Maʼlumot uchun, «Inter Mayami» dastlab 0:2 hisobida ortda borayotgandi. Yakunda esa floridaliklar kambek amalga oshirdi. Messi esa ushbu bahsda 2 ta gol va 1 ta assistni oʻz nomiga yozdirib qoʻydi.
