Madridning “Real” klubi “Leypsig”ning 21 yoshli markaziy himoyachisi Kastello Lukebaga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko’ra, Madrid klubi fransiyalik futbolchini kelasi yozda sotib olmoqchi, biroq uning transferi uchun “Qirollik klubi” 90 million yevro to’lashi kerak bo’ladi.
Ma’lumot uchun, Lukeba joriy mavsum barcha turnirlarda 12 ta o’yinda maydonga tushdi. Uning “Leypsig” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar amal qiladi.