Klublar o’rtasidagi Jahon chempionatining 2-turidan o’rin olgan bahsda “Inter Mayami” Portugaliyaning “Portu” klubini 2:1 hisobida mag’lub etdi. Uchrashuvda Lionel Messi jarima zarbasini golga aylantirdi.
Shu tariqa, “Inter Mayami” rasmiy o’yinda Yevropa klubini mag’lub etgan tarixdagi birinchi Shimoliy Amerika jamoasi bo’ldi.
Ma’lumot uchun, Klublar o’rtasidagi Jahon chempionatining 2-turidan so’ng “Inter Mayami” 4 ochko jamg’arib, “A” guruhida ikkinchi o’rinda bormoqda. “Portu” hisobida esa bir ochko mavjud (3-o’rin).