Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2021-yilning 1-yanvaridan 2025-yilning 31-dekabriga qadar bo‘lgan davr uchun dunyoning eng yaxshi klublari reytingini tuzib chiqdi.
Tashkilot ochkolar qay tartibda hisoblangani borasida batafsil ma’lumot bermagan, biroq har bir jamoaning ko‘rsatkichlari aniq ballar bilan belgilangan. Unga ko‘ra, Madridning «Real» klubi 1753 ochko bilan sayyoramizning eng yaxshi jamoasi deb topildi.
Ta’kidlash joizki, «qaymoqranglilar» ushbu davr mobaynida ikki bor (2022 va 2024-yillar) Chempionlar Ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan.
1. «Real Madrid» (Ispaniya) — 1753 ochko
2. «Manchester Siti» (Angliya) — 1605
3. «Flamengo» (Braziliya) — 1536
4. «PSJ» (Fransiya) — 1470
5. «Palmeyras» (Braziliya) — 1449
6. «Bavariya» (Germaniya) — 1433
7. «Inter» (Italiya) — 1430
8. «Chelsi» (Angliya) — 1334
9. «Barselona» (Ispaniya) — 1332
10. «Liverpul» (Angliya) — 1265
Maʼlumot uchun, ushbu reytingda Angliya jamoalari son jihatdan ustunlik qilmoqda (3 ta). Shuningdek, Braziliyaning ikki klubi («Flamengo», «Palmeyras») kuchli beshlikdan joy olgani ham eʼtiborga molik.
