Kecha O’zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida BAA’ga qarshi bahs olib bordi va yakunda tomonlar 0:0 hisobida durangga imzo chekishdi.
Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida Oston O’runov jarohat olib, o’rnini Abbosbek Fayzullayevga bo’shatib bergandi.
Tekshiruvlar shuni ko’rsatdiki, O’runov son ichki mushagi jarohati tashxisi qo’yilgan va katta ehtimol bilan Qatarga qarshi o’yinni o’tkazib yuboradi.
Eslatib o’tamiz, terma jamoamiz muddatidan avval Jahon chempionatiga yo’llanma oldi. Hozirda vakillarimiz 18 ochko bilan “A” guruhida ikkinchi o’rinda bormoqda.