“Manchester Siti” “Real”ning hujumkor futbolchilaridan biriga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Todofichajes xabar berdi.
Manbaga ko’ra, “shaharliklar” braziliyalik hujumchi Rodrigoga qiziqish bildirmoqda va transfer uchun 150 million yevro taklif qilishlari mumkin. Rodrigoni sotib olish uchun Pep Gvardiolaning shaxsan o’zi qiziqmoqda.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli futbolchining madridliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar mo’ljallangan. Uning Transfermarkt’dagi narxi 100 million yevroga baholanmoqda.