Katta bahs-munozalarga sabab bo’lgan Argentina 1-2 Marokash bellashuvidan so’ng, Argentina futbol assotsiatsiyasi FIFAga shikoyat arizasini yubordi.
Assotsiatsiya prezidenti Klaudio Tapia shunday dedi:
Biz yechinish xonasida o’yin yakunlanishini deyarli ikki soat kutdik. Har ikki jamoa o’yinchilari 3 daqiqalik bellashuvni davom ettirish uchun yana maydonga qaytishga majbur bo’lishdi.
O’yinni qayta boshlamaslik kerak edi. Bu qaror xato bo’lib chiqdi. Bahsni tugatish kerak deb aytgan ikkala jamoa sardorlarining fikrlari esa umuman tinglanmadi. Biz allaqachon bu holat bo’yicha aybdorlarni jazolash uchun FIFAga shikoyat qilganmiz. Umid qilamizki, tashkilot adolatli qaror qabul qiladi.
Ma’lumot uchun, Argentina va Marokash o’rtasidagi bahsda janubiy amerikaliklar 90+16 daqiqada hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo’lishgandi. Biroq marokashlik muxlislarning tartibsizligi sabab o’yin to’xtatildi va ikki soatdan so’ng yana davom ettirildi. Hakam esa VARga murojaat qilib, Argentina gol urgan vaziyatda ofsayd qayd etilganini ma’lum qildi va golni bekor qildi.
