«Liverpul» klubi bosh murabbiyi Arne Slot joriy mavsum oxirida isteʼfoga chiqarilishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, mersisaydliklar rahbariyati agar jamoa keyingi mavsum uchun Chempionlar Ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kirita olmasa yoki joriy mavsumni bironta sovrinsiz yakunlasa, niderlandiyalik mutaxassis bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda.
Qayd etilishicha, Slot oʻrniga asosiy nomzod sifatida Xabi Alonso koʻrilmoqda. Takidlanishicha, ispaniyalik murabbiy «Liverpul» rahbariyatining yuksak ishonchiga sazovor boʻlib turibdi.
Maʼlumot uchun, «Liverpul» ayni dam APL turnir jadvalida 42 ochko bilan 6-o‘rinni egallab turibdi. Mersisaydliklar oʻzining navbatdagi oʻyinini 22-fevral kuni safarda «Nottingem Forest»ga qarshi oʻtkazadi.
