PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike jamoaning Chempionlar ligasidagi qoniqarsiz natijalari haqida fikr bildirdi.
“Biz har doim o’zimizga ishonamiz. PSJ’ning Chempionlar ligasidagi natijasi mutlaqo adolatsiz. Biz kamida 9 ochkoga loyiq edik.
Men nima bo’lganiga hech qanday salbiy munosabatda emasman. Takror aytaman, hech qanday pessimizm yo’q, men juda optimistman”, – deydi Enrike.
Ma’lumot uchun, PSJ hozirda YChL turnir jadvalida 4 ochko bilan 25-o’rinni egallab turibdi