Ispaniya La Ligasining 19-turida Madridning “Atletiko” klubi “Osasuna” ustidan 1:0 hisobida g’alaba qozondi va ketma-ket g’alabalar soni bo’yicha klub rekordini o’rnatdi. Bu haqda Opta Sport xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “matraschilar” barcha turnirlarda 14 ta o’yinda g’alaba qozonib kelmoqda. Diyego Simeone shogirdlari Ispaniya chempionatida ketma-ket 8 ta, Ispaniya Kubogida 3 ta va Chempionlar ligasida 3 ta g’alabaga erishdi.
Eslatib o’tamiz, “Atletiko”ning bundan avvalgi eng uzun seriyasi 2012-yilning avgustidan oktyabrigacha davom etgandi. O’sha paytda ham jamoani argentinalik murabbiy Diyego Simeone boshqargan edi.
Ma’lumot uchun, madridliklar ayni dam La Liga turnir jadvalida 29-turdan so’ng 44 ochko jamg’argan holda birinchi o’rinda bormoqda. Klub navbatdagi o’yinini 15-yanvar kuni “Elche”ga qarshi o’tkazadi.