Bugun Rimning “Roma” klubi Yevropa Ligasi pley-off bosqichining dastlabki o’yinida “Portu” maydoniga safar qiladi.
Rimliklar bosh murabbiyi Klaudio Ranyeri mazkur bahs uchun qaydnomaga kiritilgan futbolchilar ro’yxatini e’lon qildi.
Unga ko’ra, hamyurtimiz Eldor Shomurodov ham jamoasining kengaytirilgan tarkibidan o’rin oldi.

Eslatib o’tamiz, “Portu” – “Roma” o’yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da start oladi.