“Aston Villa”ning hujumkor yarim himoyachisi Morgan Rojers Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar berdi.
Eslatib o’tamiz, Rojers turnirning umumiy bosqichi so’nggi turida “Seltik”ka qarshi o’yinda xet-trik qayd etgandi (4:2).
Ma’lumot uchun, Rojers ushbu mukofot uchun kurashda Antuan Grizman, Usmon Dembele va Lautaro Martinesni ortda qoldirdi.