“Manchester Yunayted” 26 yoshli markaziy himoyachi Lisandro Martinesning kelajagi borasida bir qarorga keldi. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, mankunianliklar Martines bilan xayrlashmoqchi emas, biroq yaxshiroq taklif bo’lsa, uni sotishga tayyor.
Qayd etilishicha, argentinalik futbolchiga “Real” qiziqish bildirmoqda. Ammo uni qo’lga kiritish qiyin bo’ladi, chunki u “Manchester Yunayted”ning rejalarida muhim ro’l o’ynaydi.
Eslatib o’tamiz, Lisandro “qizil iblislar” safida 2022-yildan buyon o’ynab kelmoqda. Uning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar amal qiladi.