UEFA Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 7-tur uchrashuvlari yakuniga ko’ra turnirdan muddatidan avval chiqib ketgan jamoalar ma’lum bo’ldi.
Unga ko’ra, “Jirona”, “Srvena Zvezda”, “Zalsburg” va “Shturm” klublari bor yo’g’i 3 ochko jamg’arib, pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatlarini yo’qotdi.
Shuningdek, “Sparta” (4 ochko) “Bolonya” (5 ochko) ham turnirning keyingi bosqichiga chiqish uchun kurasha olmaydi.
Eslatib o’tamiz, dekabr oyida “Yang Boyz”, “Slovan” va “Leypsig” dastlabki 6 turning barchasida mag’lub bo’lib, pley-off’ga chiqish imkoniyatidan mahrum bo’lgandi.