“Atletiko” klubi hujumchisi Antuan Grizman madridliklar safini tark etishi mumkin. Bu haqda Tribal Football xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, fransiyalik futbolchi joriy mavsum yakunida jamoasini o’zgartirishga qaror qilgan. Grizman bu haqda “matraschilar” rahbariyatiga xabar qilgan.
Ma’lumot uchun, Antuan joriy mavsum “Atletiko” safida 21 ta o’yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Madrid klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yozida yakuniga yetadi.