Saudiyaning “An-Nassr” klubi va Ispaniya terma jamoasi markaziy himoyachisi Aymerik Lyaport qishki transferlar oynasida Madridning “Real” klubiga ko’chib o’tishi mumkin. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “Qirollik klubi” Anchelottining iltimosiga ko’ra Lyaportning transferini o’rganmoqda. Ammo uni qo’lga kiritish ispan grandi uchun moliyaviy jihatdan qiyin bo’lishi ta’kidlanmoqda.
Qayd etilishicha, Madrid klubi muqobil variant sifatida “Napoli” futbolchisi Rafa Maringa qiziqish bildirmoqda. Marin o’tgan yozda 12 million yevro evaziga “Real”dan neapolliklar safiga borib qo’shilgandi.
Ma’lumot uchun, Lyaportning “An-Nassr” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar mo’ljallangan. Uning Transfermarkt’dagi narxi 20 million yevroga baholanmoqda.