Kataloniyaning “Barselona” klubi daniyalik himoyachi Andres Kristensenning jarohatidan so’ng himoya chizig’ini mustahkamlashga jiddiy e’tibor bermoqda.
Todofichajes nashrining xabariga ko’ra, klub erkin agent maqomida yurgan futbolchilarning biri bilan shartnoma imzolash variantlarini ko’rib chiqmoqda.
Manbaga ko’ra, kataloniyaliklarning ehtimoliy variantlari orasida uchta himoyachi bor. Bular: Mats Hummels, Mario Ermoso va Joel Matip. Ushbu triodan biri Xansi Flik jamoasi safiga qo’shilishi mumkin.
Eslatib o’tamiz, “Barselona” Ispaniya La Ligasi 4-turida “Valyodalid”ni yirik 7:0 hisobida mag’lub etdi va turnir jadvalida 12-ochko bilan birinchi o’ringa mustahkam joylashib oldi.