“Yuventus” sport direktori Krishtianu Giuntoli huquqlari “Napoli”ga tegishli bo’lgan Viktor Osimhenni Dushan Vlahovichning o’rniga nomzod sifatida ko’rmoqda. Bu haqda La Gazzette dello Sport xabar berdi.
Manbaga ko’ra, Giuntoli nigeriyalik futbolchiga qiziqish bildirayotganiga qaramay, turinliklar bosh murabbiyi Tiago Motta “Manchester Yunayted” hujumchisi Joshua Zirkzeni jamoaga o’tishini istamoqda.
Eslatib o’tamiz, avvalroq OAV’da Vlahovich 2026-yilning yozida tugaydigan shartnomasini uzaytirmasa, Italiya grandini tark etishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo’lgandi.
Ma’lumot uchun, Osimhen hozirda ijara asosida “Galatasaroy”da to’p surmoqda.