Yengil vazn toifasida sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Toni Fergyuson, yarim og’ir vazn toifasi sobiq chempioni Aleksandr Gustafsson va o’rta vazn toifasi sobiq chempioni Kris Uaydman UFC ro’yxatidan olib tashlandi. Bu haqda UFC Roster Watch xabar berdi.
Manbaga ko’ra, barcha jangchilar yangi tashkil etilgan GFL promousheni bilan shartnoma imzolagan va bundan keyin ushbu ligada jang qilishadi.
Ma’lumot uchun, Fergyuson 2020-yilning may oyidan beri UFC’da birorta hama g’alabaga erishmadi va ketma-ket yettita jangda mag’lub bo’ldi.
Gustafsson so’nggi bor 2017-yilning 28-may sanasida UFC Fight Night 109 turnirida g’alaba qozongan. O’shandan beri shvetsiyalik jangchi to’rt marta mag’lubiyatga uchragan.
Uaydman esa so’nggi 11 ta janggining 3 tasida g’alaba qozongan, holos.