O’zbekiston U-20 terma jamoasi a’zosi Muhammadali Zohidov qur’a, Osiyo kubogi va Iroqqa qarshi nazorat o’yinlari haqida o’z fikrlarini bildirib o’tdi.
“Guruhimizga yaxshi jamoalar tushdi. Hamma jamoalar kuchli, tajribali. Bizga oson o’yin yo’q. Har bir o’yinga maksimal tayyorgarlik ko’rishimiz kerak.
Iroqqa qarshi o’yin haqida:
Iroq ham yaxshi jamoa, biz maksimal darajada tayyorgarlik olib boryapmiz. Ular ham yaxshi o’yin ko’rsatishadi. Biz shunga tayyorgarlik ko’rib boramiz.
Hozir yig’inga 26 nafar futbolchi jalb etildi. Murabbiylarimiz har bitta o’yinchiga imkoniyat bermoqda va taktikadagi o’zgarishlarni sinab ko’rmoqda.
Jamoada ichki muhit yaxshi, hamma ahil va yaxshi kayfiyatda. O’zimizni ko’rsatib, jahon chempionatiga chiqishga harakat qilamiz, Inshaolloh”, – deydi Zohidov.
Eslatib o’tamiz, O’zbekiston U-20 – Iroq U-20 o’rtasidagi uchrashuv 15, 18-noyabr kunlari bo’lib o’tadi.