Kataloniyaning “Barselona” klubi vingeri Lamin Yamal jamoasi bilan shartnomasini uzaytirishga kelishib oldi.
El Chiringuito nashri xabariga ko’ra, Yamal voyaga yetganidan so’ng kataloniyaliklar bilan 6 yillik shartnoma imzolaydi. Shuningdek, kelishuv 1 milliard yevro miqdoridagi tovon pulini ham o’z ichiga oladi.
Ma’lumot uchun, Yamal 2025-yilning 13-iyulida 18 yoshga to’ladi. U bolaligidan “Barselona” tizimida o’ynab kelmoqda.
U joriy mavsum 16 ta o’yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.