“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi Klublar o’rtasidagi Jahon chempionatining 1/8 final bosqichidan o’rin olgan PSJ’ga qarshi o’yindagi yirik mag’lubiyatdan so’ng (4:0) o’z fikrlarini bildirib o’tdi.
“PSJ ajoyib jamoa. Ular Chempionlar Ligasining amaldagi g’olibi va bu ko’p narsadan dalolat beradi.
O’yin biz kutgandek bo’lmadi. Biz bor kuchimizni berdik va o’ylaymanki, turnirda o’zimiz haqimizda yaxshi taassurot qoldirdik.
Biz yaxshi raqobatlashdik, ammo endi hammasi tugadi va bor e’tiborimizni keyingi o’yinlarga qaratishimiz kerak”, – deydi Messi.
Eslatib o’tamiz, Klublar o’rtasidagi Jahon chempionatining chorak finalida PSJ Myunxenning “Bavariya” klubi bilan to’qnash keladi. Uchrashuv 5-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start oladi.