Angliya Premyer-ligasi 2-turida “Manchester Siti” va “Ipsvich Taun” o’zaro bahs olib bordi. Yakunda “shaharliklar” yirik 4:1 hisobida g’alaba qozondi.
Norvegiyalik hujumchi Erling Xoland uchrashuvda xet-trik muallifi bo’ldi. “Ipsvich Taun” Xoland o’ynagan Premyer-ligadagi 23-klubga aylandi. Hujumchi bu raqiblarining har biriga kamida bittadan gol urgan.
Ma’lumot uchun, Erling Xoland “Manchester Siti”da 2022-yildan buyon o’ynab kelmoqda. Uning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilga qadar mo’ljallangan.