Saudiyaning “Al-Nasr” klubi “Aston Villa”ning kolumbiyalik hujumchisi Jon Dyuranni o’z safiga qo’shib olmoqchi. Bu haqda El Nacional xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, riyodliklar forvard uchun 80 million yevro taklif qilishga tayyor. Qayd etilishicha, Dyuran Ronaldu “Al-Nasr”da o’ynayotgani uchun ushbu transferga rozi bo’lishi aytilmoqda.
Eslatib o’tamiz, avvalroq Madridning “Real” klubi ham 21 yoshli hujumchiga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma’lumot uchun, Dyuran joriy mavsum barcha turnirlarda 28 ta o’yinda maydonga tushib, 12 ta golga mualliflik qildi. Uning “Aston Villa” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2030-yilning yoziga qadar amal qiladi.
