Yangi mavsum oldidan “Real” tarkibiga kelib qo’shilgan Endrik allaqachon “Qirollik klubi”dagi debyutini o’tkazdi. Ammo u o’zidan kutilgan natijalarni bermayapti.
Hujumchi AQShdagi 2 ta o’rtoqlik o’yinida umumiy 133 daqiqa harakat qildi. U bu daqiqalarda na gol urdi va na asist amalga oshirdi. Uning raqiblariga qo’llagan o’nga yaqin driblinglaridan birontasi muvoffaqiyatli yakunlanmadi.
Unda paslar bilan bog’liq kamchilik ham bor. U juda kam pas beradi va ularning aksari manziliga aniq yetib bormaydi.
Endrikning o’zi bu voqealarni shunday izohlaydi:
“Men jamoaga endi qo’shildim. Hammasini yaxshilash uchun yetarlicha vaqtim bor. Men mehnat qilaman. Men bu klubda ekanligimdan baxtiyorman”.
Eslatib o’tamiz, “Real Madrid” Endrikni avvalgi mavsum boshida 42,5 million yevroga sotib olgandi. 18 yoshga to’lganidan so’ng esa u klub bilan professional shartnoma imzolagan.