Braziliyaning “Santos” klubi “Barselona”ning sobiq yarim himoyachisi Artur Meloni Turinning “Yuventus” klubidan ijaraga olish borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko’ra, ijara shartnomasida sotib olish opsiyasi ham bo’ladi. Shuningdek, Artur “Barselona”ning yana bir sobiq futbolchisi Neymarning klubga o’tishi haqidagi xabardan keyin “Santos” taklifiga qarshi emasligi qayd etilgan.
Eslatib o’tamiz, Artur 2020-yilning yozida “Barselona”dan “Yuventus”ga ko’chib o’tgandi. Uning turinliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yozida yakuniga yetadi.