Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Fermin Lopes qachon safga qaytishi ma’lum bo’ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Tekshiruvlar Fermin Lopesning chap sonining mushak qismidan jarohat olganini ko’rsatdi. Tiklanish vaqti taxminan 3 haftani tashkil qiladi”, – deyiladi xabarda.
Eslatib o’tamiz, “Barselona” joriy mavsum La Liga turnir jadvalida 12 ochko bilan birinchi o’rinda bormoqda. Klub yakunlangan to’rtta turning barchasida g’alaba qozondi.
Ma’lumot uchun, Ispaniya chempionatining navbatdagi turida kataloniyaliklar “Jirona”ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs 15-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:15 da start oladi.