Angliya Premyer-ligasining 23-turidan o’rin olgan bahsda “Manchester Siti” o’z maydonida “Chelsi”ni qabul qildi va 3:1 hisobida g’alaba qozondi.
Dastlab, uchrashuvning 3-daqiqasida Madueke “aristokratlar”ni hisobda oldinga olib chiqdi. 42-daqiqada esa Gvardiol muvozanatni tikladi.
68-daqiqa o’tib borayotgan bir pallada Erling Holand “Chelsi” darvozaboni Robert Sanchezning xatosidan unumli foydalanib, hisobni 2:1 ko’rinishiga keltirdi.
O’yinning so’nggi daqiqalarida, ya’ni 87-daqiqada Fil Foden uchrashuvga nuqta qo’ygan gol muallifiga aylandi (3:1).
Eslatib o’tamiz, hamyurtimiz Abduqodir Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, 53-daqiqada zaxiraga olindi.
APL | 23-tur
“Man. Siti” 3:1 “Chelsi”
Gollar: Madueke 3′, Gvardiol 42′, Holand 68′, Foden 87′.