Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti shogirdlarining “Liverpul”ga qarshi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-tur uchrashuvidagi mag’lubiyati haqida gapirdi (2:0).
“Qiyin o’yin bo’ldi. Bu boshidanoq ayon edi. Bu Yevropadagi eng qiyin stadion, chunki ularda ajoyib dinamika bor.
Birinchi bo’limda yaxshi himoyalandik, ammo hisobni o’zgartirishimiz ham mumkin edi, chunki bizda qulay imkoniyatlar bor edi.
Menga jamoa yoqdi, chunki biz Yevropadagi eng qiyin raqibga qarshi yaxshi kurashdik. Natija adolatli, shiddatlilik va dinamika nuqtai nazaridan ular g’alabaga loyiq, biz esa munosib kurashdik”, – deydi Anchelotti.
Ma’lumot uchun, “Real” Chempionlar ligasi turnir jadvalida 6 ochko bilan 24-o’rinda bormoqda. “Liverpul” esa 15 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.