Turinning “Yuventus” klubi “Manchester Yunayted” vingeri Jeydon Sanchoga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Janluka Di Marsioning xabariga ko’ra, turinliklar vingerning transferi uchun mankunianliklarga taxminan 47 million yevro to’lashga tayyorligini bildirgan.
Manbaga ko’ra, Sancho yiliga 20 million yevro maosh olmoqchi. “Yuventus” esa futbolchining bu talabini qondirolmasligi mumkin. Hozirda muzokaralar davom etmoqda.
Eslatib o’tamiz, Sancho o’tgan mavsumning birinchi yarmida “Man. Yunayted” bosh murabbiyi Erik Ten Xag bilan bo’lgan mojaro sabab asosiy tarkibdan chetlatilgandi.
Mavsumning ikkinchi qismini esa Dortmundning “Borussiya” klubida ijara asosida o’tkazdi. U jami 21 ta o’yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.