Madridning “Real” klubi Deloitte auditorlik kompaniyasi tomonidan 2023/2024-yilgi mavsum yakunlariga ko’ra dunyoning eng daromadli klubi deb topildi.
“Qirollik klubi” o’tgan mavsum 1,046 milliard yevro ishlab topgan.
Ta’kidlanishicha, bungacha tarixda hech bir klub bir yilda 1 milliard yevro va undan ortiq daromad qilmagan.
O’tgan mavsumdagi daromadlari bo’yicha dunyoning top-10 klubi:
1. “Real Madrid” – 1,046 milliard yevro.
2. “Man. Siti” – 837,8 million yevro.
3. PSJ – 805,9 million yevro.
4. “Man. Yunayted” – 770,6 million yevro.
5. “Bavariya” – 765,4 million yevro.
6. “Barselona” – 760,3 million yevro.
7. “Arsenal” – 716,5 million yevro.
8. “Liverpul” – 714,7 million yevro.
9. “Tottenhem” – 615 million yevro.
10. “Chelsi” – 545,5 million yevro.