“Manchester Siti” “Yuventus”ning 24 yoshli chap qanot himoyachisi Andrea Kambiaso uchun 65 million yevrolik taklif tayyorlamoqda. Bu haqda La Gazzette dello Sport xabar berdi.
Manbaga ko’ra, Turin klubi himoyachining transferi uchun “shaharliklar”dan 80 million yevro talab qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, “Manchester Siti” bugun yoki ertaga Kambiasoni sotib olish uchun rasmiy taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, Kambiaso joriy mavsum barcha turnirlarda 27 ta o’yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 40 million yevroga baholanmoqda.