“Real” hujumchisi Kilian Mbappe agar Madrid klubiga o’tmaganida, qaysi klubda o’ynashi mumkinligini aytdi.
“Men dunyoning eng katta klubiga o’tdim. Men har doim aytganman, bu men PSJ’ni tark etadigan yagona klub.
Agar “Real”ga o’ta olmaganimda, butun umr PSJ’da qolgan bo’lardim”, – deydi Mbappe.
Eslatib o’tamiz, Mbappe 2024-yilning yozida “Real” futbolchisiga aylandi. Uning madridliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2029-yilga qadar amal qiladi.