Turinning “Yuventus” klubi PSJ hujumchisi Randal Kolo Muanini joriy mavsum oxirigacha ijaraga oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o’tamiz, avvalroq OAV’da mazkur ijara shartnomasida turinliklar Kolo Muanini sotib olish varianti yo’qligi haqida ma’lumotlar paydo bo’lgandi.
Ma’lumot uchun, hujumchi joriy mavsum barcha turnirlarda 14 ta o’yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 30 million yevroga baholanmoqda.