“Manchester Siti” hujumchisi Xulian Alvares Madridning “Atletiko” klubiga o’tishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Luis Merlo xabar berdi.
Manbaga ko’ra, “matraschilar” argentinalik hujumchi uchun muzokaralarda oldinga siljishga erishgan. Tomonlar o’rtasida bir necha bor uchrashuvlar bo’lib o’tgan.
Qayd etilishicha, “Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeone Alvaresning xizmatlariga jiddiy qiziqmoqda. Agar kelishuv amalga oshsa, tomonlar besh yilga mo’ljallangan shartnomaga imzo chekishadi.
Ma’lumot uchun, Alvares o’tgan mavsum APLda 36 ta o’yin o’tkazib, 11 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.