Abduqodir Husanovning agenti G’ayrat Xasbiullin “Manchester Siti”ning yangi a’zosi Belarusda qancha maosh olganini aytdi.
– Husanov oilasidan uzoqda qanday yashagan edi?
– Otasi uning yoniga tez-tez kelib turardi. Lekin 16 yoshida chet elda yashash qiyin. Bu Yevropaga moslashish uchun yordam bergan yaxshi tayyorgarlik edi.
– Eshitishimcha, “Energetik BGU” darajasidagi klublarda maosh oyiga 100-200 dollargacha bo’lishi mumkin ekan, hatto oliy ligada ham.
– Bu haqiqat. Husanov ham xuddi shunday maoshga ega. Biz hech qachon pulga qiziqmaganmiz, asosiysi rivojlanish edi. Bizda 4-5 nafar futbolchi bor edi. Asanboyev ularga kvartira berib, muzlatgichni ovqatga to’ldirib qo’ygan.
Biz barcha uy xarajatlarini qopladik, chunki 50 dollar bonus bilan ham u yerda omon qolish qiyin. Yigitlar hech narsaga muhtoj bo’lmasligi va ko’proq maosh oladigan klubda emas, balki o’ziga mos klubda o’ynashini maqsad qilgandik”, – deydi Xasbiullin.