Fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe “Real” safida o’ziga xos rekord o’rnatdi. “Marca” nashrining xabariga ko’ra, uning 9-raqamli liboslari rekord darajada sotilmoqda.
Taqqoslash uchun, 2023-yilda angliyalik yulduz Jud Bellingem “qaymoqranglilar” safiga kelib qo’shilganidan so’ng, uning liboslari eng xaridorgiri edi. Biroq hozirda Mbappening futbolkalari Bellingemnikiga nisbatan besh baravar ko’proq sotilmoqda.
Ma’lumot uchun, Mbappe “Real” safida 14-avgust kuni debyut qilishi kutilmoqda. O’sha kuni “Qirollik Klubi” UEFA Superkubogi doirasida “Atalanta”ga qarshi bahs olib boradi.