Yengil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Islam Maxachev UFC 302 turnirida Dastin Poryega qarshi jangdagi g’alabasi uchun “Yil usuli – 2024” mukofotini qo’lga kiritdi.

Eslatib o’tamiz, Maxachev beshinchi raundda Poryeni bo’g’ish usuli bilan mag’lub etib, uchinchi bor o’z titulini himoya qilgandi.
“Bu eng yaxshi jang va eng yaxshi yakunlardan biri. Shuning uchun UFC menga bu mukofotni berdi. Men juda xursandman.
Jang hayratlanarli edi, ko’p qon to’kildi, lekin men uni tugatdim. Shunday qilib, menda “Yil janggi” va ikkita “Yilning eng yaxshi usuli” mukofotlari bor. Endi menga “Yil nokauti” kerak”, – deydi Maxachev.
Eslatib o’tamiz, Maxachev o’zining so’nggi janggini UFC 311 turnirida Renato Moykanoga qarshi o’tkazdi va birinchi raunddayoq g’alaba qozondi.