Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor MakGregor kelajakda Bare Knuckle FC ligasida jang o’tkazishni rejalashtirayotganini aytdi.
“Konor MakGregor qo’lqopsiz ligada jang qiladi. So’zlarimni eslab qoling”, – deydi MakGregor.
Eslatib o’tamiz, Konor o’zining so’nggi janggini 2021-yilning iyul oyida tashkil etilgan UFC 264 turnirida Dastin Poryega qarshi o’tkazgan va dahshatli jarohat olib, texnik nokautga uchragan.